Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot Tadjimurodov tomonidan hududda ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holati ham ko‘zdan kechirilib, ko‘chalarni toza va ozoda saqlash, atrof-muhitni asrab-avaylash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududda obodlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.