35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan Uchtepa tumani “Chamanzor” mahallasidagi Uchtepa ko‘chasi 90-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov nomiga yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Uchtepa tumani hokimligi ma’lum qilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, mutaxassislar tomonidan bolalar maydonchasining mavjud holati, hudud infratuzilmasi hamda aholi ehtiyojlari joyiga chiqib o‘rganilgan.

🔎 O‘rganishlar natijasida mazkur hududda bolalar uchun xavfsiz va qulay dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida maydonchani ta’mirlash, obodonlashtirish hamda zamonaviy o‘yin elementlari bilan jihozlash zarurligi tasdiqlangan.

📉 Rasmiy javobda qayd etilishicha, “Chamanzor” mahallasidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish ishlari 2026-yil Davlat dasturiga kiritilmagan. Shu bilan birga, hudud aholisining murojaatlari va mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, mazkur loyihani 2027-yil Davlat dasturiga kiritish rejalashtirilgani ma’lum qilingan.

🏗 Shuningdek, loyiha doirasida bolalar maydonchasini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda zamonaviy o‘yin uskunalari bilan jihozlash uchun zarur mablag‘larni shakllantirish va moliyalashtirish masalalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish choralari ko‘rilishi bildirilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan nazoratda saqlanmoqda. Hududdagi bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz infratuzilmani yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10