35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
📌 Doimiy komissiya yig‘ilishida mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doimiy komissiya raisi Ilhom Qalandarov raisligida bo‘lib o‘tdi.

📋 Yig‘ilishda Tuproqqal'a tumani mahalliy budjetining 2026-yil birinchi yarim yillik ijrosi hamda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi yuzasidan tuman hokimi A.Jimalyazovning taqdimnomasi atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi, qo‘shimcha manbalar hisobidan yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi tahlil etildi.

✅ Muhokamalar yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mas'ul tashkilotlarga mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish hamda mahalliy budjet ijrosi yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga muntazam axborot kiritib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, ushbu masala xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Slide 1 of 1