35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
🏛 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI VA FHDYO BO‘LIMIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI


🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "O‘zMTDP" partiyasidan 16-Chorvador saylov okrugidan saylangan deputat A. Sadirovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug‘bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida FHDYO bo‘limi mudirasi Shohida Ukiboyeva tomonidan murojaatlar tahlili haqida ma'lumot berildi. Qayd etilishicha, bo‘limga ajrim, tug‘ilish va nikohni qayd etish masalalari yuzasidan bir kunda o‘rtacha 32 ta murojaat kelib tushadi. Shundan o‘rtacha 2 tasi ajrim bilan bog‘liq murojaatlardir. Shuningdek, Chorvador MFY hududidan joriy yilning iyul oyidan bugungi kunga qadar 28 ta murojaat kelib tushgani ma'lum qilindi.

📊 O‘rganish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, elektron navbat tizimining ishlashi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Yakunda fuqarolarga davlat xizmatlarini yanada sifatli va tezkor ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3