35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
Sog‘lom turmush sari muhim qadam: aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Sog‘lom turmush sari muhim qadam: aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 20-Gulzor saylov okrugi deputatlari Nilufar Uralovna va Feruza Mardonovna, shuningdek, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tashabbusi bilan Kimyogar MFY-1 hududida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbirda turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi malakali shifokor-mutaxassislar ishtirok etib, mahalla aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati har tomonlama baholanib, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, ularning oldini olish hamda zarur hollarda qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tishning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash va fuqarolar salomatligini mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday amaliy tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda fuqarolarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlarning izchil davomi hisoblanadi.

Slide 1 of 3