35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
20-Gulzor, 23-Vatan va 24-Chinor saylov okruglari fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

20-Gulzor, 23-Vatan va 24-Chinor saylov okruglari fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 20-Gulzor, 23-Vatan va 24-Chinor saylov okruglari fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida fuqarolarga korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ish haqi hamda ishga qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ish izlayotgan fuqarolar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqot tashkil etilib, nomzodlarning malakasi va tajribasiga mos ish o‘rinlarini tanlash imkoniyati yaratildi.


Mehnat yarmarkasi ishtirokchilariga bandlikni ta’minlash, kasb-hunar egallash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlari yuzasidan ham tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda hududda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3