35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
#sessiya
#sessiya

🇺🇿Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar Iqtisodiyot va moliya bo'limi birinchi o‘rinbosari, tegishli tashkilot rahbarlari, siyosiy partiya raislari, shahar hokimligi matbuot xizmati ishtirok etishdi.

✍️Kun tartibidagi masalalar:
Sessiya davomida shahar hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid quyidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi:

1.Shahar hokimining 2026-yil 6-iyuldagi 149-10-213-F/26-sonli farmoyishiga asosan jamg‘armaga qayta tiklangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 15-saylov okrugidan saylangan deputatni deputatlik maqomini tugatish tо‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi 1468-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

Kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, doimiy komissiya raislarining xulosalari eshittirildi. Shahar rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar bir ovozdan ma'qullandi va tasdiqlandi.

Sessiya yakunida sanoq komissiyasi hamda sessiya kotibining axborotlari tinglandi.


Slide 1 of 3