35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
#nazorat

Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasida fuqaro murojaatlari bilan ishlash holati, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar hamda ularning manzilli yechimi atroflicha tahlil qilindi.

🔎Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Muammolar xaritasi: Bugungi kunda aholi tomonidan eng ko‘p e’tirozlar bildirilayotgan mahallalar aniqlandi;
Mas’uliyat tahlili: Kelib tushayotgan murojaatlar aynan qaysi tashkilot yoki sohaga tegishli ekanligi tahlil qilinib, shahar hokimi o‘rinbosarlari tomonidan muammolarni hal etish choralari qay darajada ko‘rilayotgani ko‘rib chiqildi.

⚡️ Asosiy taklif va vazifalar: Murojaatlarni shunchaki qog‘ozda emas, bevosita joyiga borgan holda o‘rganish tizimini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bunda mahalla yettiligining faolligini oshirish hamda jarayonlarga jamoatchilik vakillarini kengroq jalb etish bo‘yicha aniq takliflar berildi.

Fuqaro manfaatlari va ularning murojaatlari bilan ishlash doimiy nazoratda qoladi.

Slide 1 of 4