35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputat Vasila Alimova inson huquqlari va bola huquqlariga bag‘ishlangan seminar-treningda ma’ruza qildi

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat Vasila Alimova inson huquqlari va bola huquqlariga bag‘ishlangan seminar-treningda ma’ruza qildi

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 91-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ichki ishlar organlari mahalla profilaktika inspektorlari uchun "Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar va milliy qonunchilik" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

📝 Tadbirning asosiy ma’ruzachilaridan biri sifatida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova ishtirok etib, "Bola huquqlarini ta’minlash sohasida xalqaro standartlar va milliy qonunchilik" mavzusida batafsil ma’ruza qildi.

🔺 Deputat o‘z ma’ruzasida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qonunchilikning mazmun-mohiyati hamda davlat organlari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilikning bola manfaatlarini ta’minlashdagi mas’uliyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

🤝 Tadbir davomida profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, amaliyotda uchrayotgan masalalar, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar bilan ishlashning samarali mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

⚖️ Mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri sifatida fuqarolarning, ayniqsa bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda inson huquqlari sohasidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Mazkur seminar-trening profilaktika inspektorlarining inson va bola huquqlarini himoya qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, davlat organlari hamda jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7