35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
DEPUTAT SO‘ROVI: MAHALLADAGI EKOLOGIK VA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI NAZORATGA OLINDI

O‘rganishlar davomida “Mehrobod” mahallasining Olmazor ko‘chasidan o‘tuvchi, aholi orasida “Turkman ariq” nomi bilan tanilgan ichki ariq uzoq vaqt davomida tozalanmagani, natijada uning o‘zani maishiy chiqindilar, loyqa va yovvoyi o‘tlar bilan qoplanib qolganligi aniqlandi.

💬Shuningdek, mazkur holat hududning sanitariya-ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, suvning erkin oqib o‘tishiga to‘sqinlik qilayotgani hamda obodonlashtirish ishlariga salbiy ta’sir etayotgani qayd etildi. Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar hokimining obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Ergashovga deputat so‘rovi yuborildi.

💬Deputat so‘rovida:

🟢ariq o‘zanini maishiy chiqindilar, loyqa va yovvoyi o‘tlardan tozalash;
🟢ariqning yon-atrof hududlarini obodonlashtirish;
🟢suv o‘tkazuvchanligini tiklash va ekologik holatni yaxshilash;
🟢amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish masalalari ko‘tarildi.

💬Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va joylarda aniqlanayotgan muammolar deputatlik nazoratida bo‘lib, aholi uchun qulay, obod va ekologik jihatdan sog‘lom muhit yaratish yo‘lida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

🫥Mahalla obodligi – aholi farovonligining muhim omili. Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo nazoratda!