35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi ustidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi

Monitoring tadbirida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimi S.Majidovlar ishtirok etdilar.
Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
Xususan, 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan ID–53475184009-sonli loyiha doirasida Viloyat Teri-tanosil dispanserining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha xarid qilingan jihozlar ko‘zdan kechirildi.
Monitoring jarayonida loyiha doirasida xarid qilingan jihozlarning mavjudligi, ularning belgilangan maqsadda foydalanilayotgani, loyiha shartlariga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilganligi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan loyiha natijasida muassasaning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanayotgani, tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaxshilanayotgani ham qayd etildi.
Bunday monitoring tadbirlarining muntazam tashkil etilishi “Tashabbusli budjet” loyihalarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy natijasini nazorat qilish, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
“Tashabbusli budjet” — fuqarolar tashabbusi, ochiqlik va jamoatchilik nazoratining amaliy ifodasidir

Slide 1 of 2