35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
🖋 Sanatoriydagi ijtimoiy xizmatlar sifati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda “Ekspert guruhi” a’zosi M.Mamutov bilan birgalikda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–641, 2020-yil 15-oktyabr) ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlarini davom ettirdi.

Navbatdagi manzil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun Taxiatosh sanatoriysi” bo‘ldi.

O‘rganish davomida muassasada keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar sifati, bino va infratuzilmaning nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirilganligi hamda amaldagi talablarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar bildirildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yaratilayotgan sharoitlarni muntazam o‘rganish va nazorat qilish — qonunlar ijrosini ta’minlash hamda xizmatlar sifatini oshirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 7