35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan “Chinorbuloq” mahallasida aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida “Zarshox” ko‘chasidagi soy o‘zanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan betonlashtirish ishlari amalga oshirilgani hamda ko‘prik yangilangani, biroq qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng ko‘prik ustki qismi qayta asfaltlanmagani aniqlandi. Mazkur holat ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgani qayd
etildi.Aniqlangan muammoni qisqa muddatda bartaraf etish va aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olindi.
 

Slide 1 of 5