35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
MAHALLALARDA SPORT INSHOOTLARI VA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI SPORT ZALLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA.

Mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablaridagi sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda.O‘rganishlar davomida sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, sport inventarlarining yetarliligi va ulardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholi uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida maktab sport zalining umumiy holati, mavjud sport anjomlari hamda mini-futbol maydonining holati ko‘zdan kechirildi.Shuningdek
maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi, obodonlashtirilish holati o‘rganildi.Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, sport inshootlaridan samarali foydalanish va ularning holatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
  

Slide 1 of 4