35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonidan tumanning Markaziy kutubxonasi faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondining holati, elektron kutubxona tizimidan foydalanish imkoniyatlari, o‘quv zallari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifati va kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi.

Shuningdek, kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, milliy va jahon adabiyoti namunalarini kitobxonlarga yetkazish, elektron katalog tizimi, kitoblarni hisobga olish va saqlash tartibi, kitobxonlar soni hamda ularning yosh toifalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini dolzarb va zamonaviy adabiyotlar bilan muntazam to‘ldirib borish, raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, kitobxonlar sonini oshirish, ta’lim muassasalari va mahallalar bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5