35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Shayxon mahallasida ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, Shayxon mahallasi bo‘yicha deputat A.Nosirov tomonidan o‘zi saylangan hudud — "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha boshilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada mavjud dolzarb muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ichki ko‘chalar holati, elektr va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish ishlari, ko‘cha yoritgichlari, infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash masalalari yuzasidan ko‘cha boshilarining fikr va takliflari tinglandi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganish, muammolarni ustuvorlik asosida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Har bir ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish, zarur hollarda deputatlik nazorati va deputatlik so‘rovi mexanizmlaridan samarali foydalanish ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mahalla hududini yanada obod qilish, fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olinib, ko‘cha boshilari bilan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5