35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati A.Nosirov tomonidan saylovchilar murojaati asosida Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Shayxonpoyon ko‘chasida joylashgan Markaziy dehqon bozori atrofida savdo qiluvchilarning bozor hududidan tashqariga chiqib faoliyat yuritayotgani natijasida tartibsizliklar yuzaga kelayotgani qayd etilgan.

Mazkur holat fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘chadagi tartibsiz savdoni bartaraf etish, savdo faoliyatini belgilangan tartibga solish hamda jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, deputatlik so‘rovida ushbu masala bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida belgilangan muddatlarda rasmiy axborot taqdim etish ham so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2