35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
29-MTTda o‘rganish o‘tkazildi va aniqlangan kamchilik yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari A.Nosirov va Sh.Rasulovalar tomonidan fuqarolar murojaati asosida 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 2025-yilda kapital ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani, guruh xonalari zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangani hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgani aniqlandi.

Shu bilan birga, bino tom qismida ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirilmagani sababli yog‘ingarchilik vaqtida yuqori qavatdagi xonalarga yomg‘ir suvlari sizib o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda binoning texnik holatiga zarar yetkazishi mumkinligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, bino tom qismini ta’mirlash va muammoni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4