35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
#qonun ijrosi

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi  Sanjar Mamayusupov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva tomonidan shahar hokimligining Tashkiliy-kadrlar bo‘limida savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-764-son) ijrosini ta’minlash holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
✅ Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va maxfiylik majburiyati;
✅ Axborot tizimlarining texnik xavfsizligi va kibergigiyena;
✅ Qurilmalarning jismoniy xavfsizligi va kadrlar bilan ishlash tizimi.
📊Natija: O‘rganish yakunlariga ko‘ra, hokimlik tizimida kiberxavfsizlikka oid barcha talablar qonun hujjatlarida belgilangan standartlar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi kuzatildi.

Raqamli xavfsizlik — davlat xizmati shaffofligi va ishonchliligining muhim poydevoridir.

Slide 1 of 3