35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar Alisher Navoiy mahallasi hududida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva ishtirok etishdi.

Sport zali va maydonlari: Maktabning yopiq sport zali va ochiq sport maydonlarining texnik holati, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

O‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda ham sport to‘garaklariga qatnashishi uchun barcha qulayliklar mavjudligi aniqlandi.

Zaxira anjomlari: Sport mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘lgan koptoklar, turniklar va boshqa inventarlarning yetarli darajada ekanligi va ularning xavfsizligi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida maktab ma’muriyatiga mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada kengroq targ‘ib qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

"Sog‘lom avlod — yurt kelajagi. Maktablardagi sport maydonchalari har doim o‘quvchilar bilan gavjum bo‘lishi asosiy maqsadimizdir."

Slide 1 of 6