35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputat saylovchilarga axborot berdi

  Deputatning axborot berish jarayonida nuroniy oqsoqollar, mahallalardagi ko‘chaboshilar ishtirok etdilar. Deputat va saylovchilar uchrashuvi
jarayonida nuroniy-oqsoqollar yosh avlod o‘rtasidagi bog‘liqlik va jamoatchilik nazorati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Tajriba va maslahat borasida nuroniylar ishtirokining ahamiyati muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
 

Uchrashuvda nuroniylar tomonidan quyidagi masalalar o‘rtaga tashlandi: mahalla infratuzilmasini yaxshilash (yo‘l, suv, gaz, elektr energiyasi), yoshlar tarbiyasi va ularni ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va dorixonalar faoliyati, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. 

Oqsoqollar deputat va mahalliy aholi o‘rtasida ishonchli vositachi vazifasini bajaradilar. Ularning ijtimoiy hayotdagi faolligi yosh avlodda daxldorlik hissini uyg‘otadi. Shuning uchun ham keksa avlod vakillari hududdagi muammolarni yaxshi bilganligi bois ularni hal etish bo‘yicha salmoqli takliflar berdilar. 

Deputat aholi murojaatlari va muammolarini hal etishda amalga oshiradigan faoliyati hamda kelgusi rejalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani
Kengashi
  

Slide 1 of 1