35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
📍 Deputat O‘rikzor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
🔷 Deputatlik faoliyati: mahalladagi muammolar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich hududiga kiruvchi Ogahiy mahallasida navbatdagi deputatlik uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla raisi Nurmetov Tirkash Dushamovich bilan birgalikda hududning bugungi holati atroflicha o'rganilib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla hududida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarning ijro holati ko'zdan kechirildi. Obodonlashtirish, ichki yo'llarni ta'mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning borishi yuzasidan fikr almashildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Deputatlik uchrashuvida hududni yanada rivojlantirish, mahalladagi ijtimoiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va aholi murojaatlariga o'z vaqtida yechim topish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bunday o'rganishlar va ochiq muloqotlar joylardagi muammolarni chuqur tahlil qilish, ularni mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda xalq manfaatlarini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4