35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda 

Deputatlik nazorati: Qorabog‘ mahallasidagi qurilish ishlari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Qorabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasidagi ishlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🔎 Nazorat tadbiri davomida loyiha asosida moliyalashtirilayotgan 35-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

💰 Ma’lum qilinishicha, maktabni zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish hamda infratuzilmasini yaxshilash uchun loyiha doirasida 3 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘lar hisobidan maktab binosi mukammal ta’mirlanmoqda, shuningdek, 50 o‘rinli zamonaviy oshxona va sport zali barpo etilmoqda.

🏗 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

✅ Yakunda deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillariga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati hududlarda amalga oshirilayotgan investitsion va ijtimoiy loyihalarning ochiqligi, samaradorligi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4