35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ismonova, Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Jo‘rayev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar tomonidan Namuna mahallasi, Nurli diyor ko‘chasi, 75-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Toshmatova Tanzilaning murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning ijtimoiy-maishiy ahvoli bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, xonadonning yashash sharoiti og‘ir bo‘lib, uyning poli mavjud emas, tom qismida nosozliklar sababli yog‘ingarchilik vaqtida chakka o‘tadi. Shuningdek, fuqaro uch nafar farzandi bilan yashaydi, turmush o‘rtog‘i vafot etgan hamda oilada boquvchi mavjud emasligi aniqlandi. Murojaat yuzasidan mavjud holat atroflicha o‘rganilib, oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash va qonuniy tartibda amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Mas’ullar tomonidan murojaat ijrosini nazoratga olish
hamda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani hal etish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning dardu tashvishlariga befarq bo‘lmaslik hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. 

Slide 1 of 5