35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar fikri – sessiya kun tartibini shakllantirishda muhim omil
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat O‘rikzor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📍 "Qoraqoʻyli" mahallasida aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat nazoratida
янв.21
Hududlar taraqqiyoti yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
19¹-modda.

 Oltinsoyda infratuzilma yanada yaxshilanmoqda 

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 10-"Yangiqurilish" saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil
5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Akrom Turdiyev ishtirokida "Yangiqurilish"
mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
 

Tadbir davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb ettirishga qaratilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Kengash qarori ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli
tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Mazkur nazorat tadbiri hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 3