35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Deputat tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sharoitlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-"Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan "Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 3-iyuldagi "Bag‘dod tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida"gi VII-24-50-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sinf xonasini ta’mirlash va zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali sarflanishi holati joyida o‘rganildi.

Shuningdek, inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonasida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari sifati, o‘quv muhiti imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilganligi, maxsus jihoz va vositalarning mavjudligi hamda ulardan samarali foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish, inklyuziv ta’lim sifatini yanada takomillashtirish, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5