35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihasida Tadbirkorlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari G.Bekbosinova, J.Jumanazarov, Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i B.Artıqbaev, tadbirkorlar va tegishli davlat tashkilotlari vakillari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Forum doirasida tadbirkorlar o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolar, yangi loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud masalalar, kredit va moliyaviy ko‘mak, yer ajratish, infratuzilma, soliq va boshqa yo‘nalishlarga oid takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Deputatlar esa mazkur murojaatlarni atroflicha o‘rganib, ularni hal etish yuzasidan tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur hollarda deputatlik nazorati va deputatlik so‘rovi mexanizmlaridan foydalanishni ta’minlaydi.

Shuningdek, forum tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma hisoblanadi.

“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” loyihasi doirasida bildirilayotgan har bir taklif va murojaat tizimli o‘rganilib, ularning yechimiga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. Ochiq muloqot va o‘zaro hamkorlik esa tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududlar iqtisodiyotini yuksaltirishning muhim omillaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3