35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

   

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida biriktirilgan Quva tuman
Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida manzilli o‘rganish
ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktyabrda
qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘RQ–117-son Qonuni
talablarining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, avtomobil yo‘llarini
saqlash, joriy va mavsumiy ta’mirlash, ulardan samarali foydalanish hamda yo‘l infratuzilmasini
rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
 

Shuningdek, korxonaning moddiy-texnika bazasi, maxsus texnika va mexanizmlarning holati,
mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi hamda faoliyat davomida uchrayotgan
muammolar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.
 

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar va bildirilgan takliflar “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash,
mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yo‘l xo‘jaligi tizimi faoliyatini
yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Belgilangan
vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4