35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
UVAYSIY KO‘CHASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

 UVAYSIY KO‘CHASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Toshhovuz mahalla fuqarolar
yig‘inida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida
mahalladagi mavjud muammolar, obodonlashtirish holati hamda aholini qiynayotgan
masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
 

Toshhovuz mahallasida jami 10 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, deputat tomonidan
shundan 2 ta ko‘chada o‘rganish o‘tkazildi.
 

Jumladan, deputat Uvaysiy ko‘chasida ko‘cha boshi M.Jalolov
bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarning taklif va
murojaatlarini o‘rgandi. Muloqot davomida ko‘cha boshi tomonidan eng dolzarb
masala sifatida ko‘chaning 200 metr qismini asfaltlashtirish hamda eskirgan
elektr tarmog‘ini yangilash maqsadida 15 dona elektr ustunini (simyog‘och)
o‘rnatish zarurligi masalasi ko‘tarildi.
 

Shuningdek, mazkur ko‘chada joylashgan 36 ta xonadonning yashash sharoiti,
infratuzilma holati hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi.
 

O‘rganish yakunida bildirilgan murojaatlar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ul
tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilish, tuman hokimligi
huzuridagi ''infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik'' jamg‘armasi hisobidan
moliyalashtirish hamda ijrosi deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 3