35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva hamda
tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan
Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati manzilli
o‘rganildi.
 

  O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan "Ayollar
daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni
bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, band
bo‘lmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish bilan ta’minlash
hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
tahlil qilindi.
 

  Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad
manbalarini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli
kredit va subsidiya olish imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan olib
borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
 

  O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar “Deputatning ko‘cha
aylanish daftari”ga qayd etilib, ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishi
deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5