35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Birlamchi tibbiy xizmat sifati va muassasa infratuzilmasi deputat e’tiborida

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏥 Birlamchi tibbiy xizmat sifati va muassasa infratuzilmasi deputat e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizamov bilan birgalikda Olmazor tumanidagi 21-oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning moddiy-texnik holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

📍 O‘rganish davomida 21-oilaviy poliklinika Olmazor tumanidagi 7 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga, 40 mingdan ortiq fuqaroga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgani qayd etildi. Muassasada 150 nafar tibbiyot xodimi, jumladan 22 ta tibbiy brigada va 21 nafar tor soha mutaxassisi faoliyat yuritib, aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish hamda dispanser nazoratini ta’minlab kelmoqda.

💻 Shuningdek, poliklinikada DMED axborot tizimi orqali tibbiy xizmatlarning to‘liq raqamlashtirilgani, elektron ambulator kartalar va tibbiy hujjatlar yuritilishi, 20 o‘rinli kunduzgi shifoxona faoliyati hamda zamonaviy tibbiy uskunalar bilan yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish jarayonida poliklinika binosi bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani ham aniqlandi. Xususan, binoning yoritish tizimida nosozliklar mavjudligi, pol qismidagi ustki linoleum qoplamalarining eskirgani, devorlarning fasad qismida yoriqlar paydo bo‘lgani, kafel qoplamalarining ayrim joylari singani, shuningdek, binoning ichki tom qismida ham yoriqlar yuzaga kelgani joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🛠 O‘rganish yakunida mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, poliklinikada joriy va zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda tibbiyot muassasasining moddiy-texnik holatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish lozimligi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📨 Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda mazkur masalalar ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishib olindi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova hamda Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizamov aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nafaqat malakali tibbiy kadrlar, balki zamonaviy va xavfsiz infratuzilma ham muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishini qayd etdilar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10