35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
O‘ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINING 150 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIRDA YUNUSOBOD TUMANI KENGASHI RAISI ISHTIROK ETDI

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 150 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi Ravshan Yusupov ishtirok etdi.

📚Tadbir davomida muzeyning boy tarixiy merosi, noyob eksponatlari hamda mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixi aks ettirilgan ekspozitsiyalar bilan tanishildi. Shuningdek, Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12, 58 va 72-sonli umumta’lim maktablarining 120 nafarga yaqin o‘quvchilari ham mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdilar.

✨Tadbir yosh avlodning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

🤝Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotini yuksaltirish, tarixiy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan bunday tashabbuslar doimo qo‘llab-quvvatlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3