35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
#haftalik_ish_reja #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-«Abdurahmon Jomiy» saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Termiz shahridagi «Abdurahmon Jomiy» mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi. Unda yoshlar yetakchisi tomonidan davlat yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ularni sport, madaniyat hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar samaradorligi muhokama qilindi.
Monitoring yakunida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.