35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputatlik so‘rovi natijasida amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati tomonidan Mirzatup mahallasi Ziyolilar ko‘chasidagi ta’mirtalab elektr uzatish simyog‘ochlarini almashtirish hamda ularning o‘rniga zamonaviy temir-beton tayanchlar va kabel tarmoqlarini o‘rnatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Bildirilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala belgilangan tartibda o‘rganilib, Mirzatup mahallasi Ziyolilar ko‘chasidagi ta’mirtalab elektr uzatish tayanchlarini almashtirish ishlari 2026–2027-yillar manzilli dasturiga kiritish uchun taklif tayyorlangan.

Loyihaning moliyalashtirish manbasi aniqlanib, tegishli mablag‘lar ajratilgach, hududga zamonaviy temir-beton tayanchlar o‘rnatilishi hamda elektr tarmog‘i yangi kabel liniyalari bilan yangilanishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1