35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Miryunusov Alisher Xabibiullayevich Chilonzor mahallasi hududida olib borgan o‘rganishlari davomida aholini tashvishga solayotgan hamda ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammo yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

Murojaatda qayd etilgan holat deputat tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida mazkur hududda kanalizatsiya tarmog‘ida olib borilgan ta’mirlash ishlari natijasida ko‘cha yo‘l qoplamasining ayrim qismlari shikastlangani, ayrim joylarda o‘pirilish va notekisliklar yuzaga kelgani aniqlandi. Ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng yo‘l qoplamasi lozim darajada qayta tiklanmagani hamda ko‘chaning tegishli qismi asfaltlanmagani mavjud muammoning saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat hudud aholisining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirishi bilan birga, piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yo‘l qoplamasidagi nosozliklarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlari olib borilgan hududni belgilangan tartibda obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.

Deputat o‘rganish jarayonida aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularning muammo yuzasidan fikr va takliflarini tingladi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalani amaliy hal etish, ta’mirlash ishlari oqibatida shikastlangan yo‘l qismini tiklash hamda hududda xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi belgilandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l qoplamasini tegishli holatga keltirish va zarur asfaltlash ishlarini amalga oshirish masalasida mutasaddi tashkilotga belgilangan tartibda murojaat kiritish belgilandi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan mazkur masalaning o‘z vaqtida va amaliy hal etilishini ta’minlash deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2