35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputatlik so'roviga javob olindi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan Nishabariq mahallasi Bayram ko'chasidagi 95-uy oldi (ko'chaga kirish qismi) asfalt qoplamasini tiklash (asfalt yotqizish) ishlarini amalga oshirish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumani Nishabariq mahallasi Bayram ko‘chasi 95-uy oldidagi (ko‘chaga kirish qismi) asfalt qoplamasini tiklash masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.

‼️ O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur hududda asfalt qoplamasini tiklash ishlari 2026-yil uchun tasdiqlangan manzilli dasturga kiritilmaganligi sababli joriy yilda ushbu ishlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligi ma'lum qilingan.

📆 Ushbu masalani hal etish uchun, mazkur hududdagi mavjud holat inobatga olinib, asfalt qoplamasini tiklash ishlarini 2027-yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining manzilli ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif shakllantirilib, dastur tasdiqlangandan so‘ng ushbu ishlar Uchtepa tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilandi.

Slide 1 of 2