35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputat ishtirokida fuqarolar bilan ochiq huquqiy muloqot o‘tkazildi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ Deputat ishtirokida fuqarolar bilan ochiq huquqiy muloqot o‘tkazildi

📍 Uchtepa tumanidagi “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, Uchtepa tumani tergov sudyalari X. Sodiqov va M. Tojiboyev, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida sayyor uchrashuv va sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirayotgan sud-huquq masalalari, amaldagi qonunchilik talablari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, aholining murojaatlari tinglandi.

📝 Uchrashuv jarayonida mahalladagi mavjud holat Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish hamda 162 ta muhim qonun talablari asosida atroflicha tahlil qilindi. Xususan, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda huquq-tartibotni mustahkamlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularning har biri tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda zarur hollarda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

⚖️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

🔺 Bunday sayyor uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3