35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan masalalar ijobiy yechim topmaganligi yuzasidan

Deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan masalalar ijobiy yechim topmaganligi yuzasidan

Sizning 2026-yil 11-iyul kuni Termiz tuman hokimi o‘rinbosari nomiga M. Eshtemirov mahallasi Anhor ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yo‘llagan murojaatingiz ko‘rib chiqildi.

Murojaatga asosan tuman “Elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan berilgan javobda mazkur hududdagi elektr tarmoqlari qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-384-sonli qaroriga muvofiq Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida bajarilishi, qurilish ishlari joriy yilning 3-choragida yakunlanishi rejalashtirilgani hamda transformator punktlarini yangilash va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari Davlat dasturlari hamda mavjud mablag‘lar hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Biroq, hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida viloyat tomonidan mazkur hudud uchun transformator ajratilgani, uni belgilangan joyga olib kelib o‘rnatish imkoniyati mavjudligi aniqlangan. Shuningdek, hududdan saylangan deputat tomonidan ushbu masala mas’ul tashkilotlarga bir necha bor yetkazilganiga qaramasdan, amaliy choralar ko‘rilmagan va transformator hanuzgacha o‘rnatilmagan.

Natijada, elektr ta’minotidagi uzilishlar va kuchlanishning pastligi ayniqsa yozning issiq kunlarida aholi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda. Mavjud transformator ajratilgan bo‘lishiga qaramay, uni o‘rnatish ishlari 3-chorakda o‘rnatish ya’ni kechiktirish fuqarolar murojaatlarining davom etishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, viloyat tomonidan ajratilgan transformatorni qisqa muddatlarda hududga olib kelib o‘rnatish, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlarning bu boradagi faoliyatiga tegishli baho berish masalasini Termiz tuman hokimi muhokamasiga kiritish uchun taqdim etiladi.