35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Uchrashuvda Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputatlari, tuman gaz ta'minoti, suv ta'minoti, elektr tarmoqlari korxonasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot avvalida Jamila Bobonazarova tomonidan Oliy Majlis Senatining asosiy faoliyati, aholi manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik islohotlari, qabul qilinayotgan yangi qonunlar hamda amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan va kiritilishi rejalashtirilayotgan o'zgartirishlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Shundan so'ng fuqarolarning murojaat, taklif va muammolari tinglandi. Aholi tomonidan ko'tarilgan masalalar yuzasidan tadbirda ishtirok etgan mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni ijobiy hal etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo'lga qo'yish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o'rganish hamda ularning yechimini ta'minlash borasidagi amaliy ishlarning uzviy davomi bo'ldi.

Slide 1 of 3