35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
Saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar amaliy yechim topmoqda

 Saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar amaliy yechim topmoqda

📍Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, 50-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan Mizrob Toshov tomonidan 2025-yilning dekabr oyida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda hudud aholisini qiynab kelayotgan qator masalalar atroflicha o‘rganilgan edi.

➡️ Xususan, Samarqand tumanidagi Yuqori Qaynama, Quyi Qaynama va Zahlik mahallalari aholisi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, eskirgan simyog‘ochlarni yangilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirilgan.

📌 Deputat tomonidan ushbu masalalar nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Natijada Yuqori Qaynama mahallasiga 15 ta yangi beton ustunlar olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari boshlandi.

✍️ Mazkur tashabbus hududdagi elektr ta’minoti sifatini yaxshilash, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

🤝 Mahalla aholisi murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmagani, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qisqa muddatda amaliy choralar ko‘rilayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho bermoqda.

🌀 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va muammolarini joyida o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3