35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning markaziy “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar, obyektning tayyorgarlik darajasi hamda qurilish sifati bilan yaqindan tanishildi. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan “Yuksak Ta’lim Ta’mir” MChJ mas’ullari bilan suhbatlashilib, loyihada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, bog‘ hududida aholi uchun qulay dam olish maskanlari, piyodalar yo‘laklari, bolalar o‘yin maydonchalari, yashil hududlar, favvora, amfiteatr hamda zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, istirohat bog‘i hududida barpo etilayotgan Ma’naviyat xiyoboni ko‘zdan kechirilib, atoqli yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladigan burchaklar ko‘zdan kechirildi. Pudratchilar bilan suhbatlashilib, materiallarining sifati, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va belgilangan muddatlarga amal qilinishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 9