35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar fikri – sessiya kun tartibini shakllantirishda muhim omil
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat O‘rikzor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📍 "Qoraqoʻyli" mahallasida aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat nazoratida
янв.21
Hududlar taraqqiyoti yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
"Manguzar" mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlar nazarida: Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Tashrif davomida deputatlar mahallaning ichki ko‘chalari, piyodalar yo‘laklari, ko‘p qavatli uylar atrofi hamda umumfoydalanishdagi hududlarning sanitariya holati va obodonlashtirilish darajasini o‘rganishdi. Aholi uchun munosib, qulay va toza muhit yaratish borasida bajarilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallada yashil hududlarni ko‘paytirish, daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarish qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarib ketish tizimini muvofiqlashtirish hamda ko‘chalarni yoritish tizimini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Deputatlar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari nafaqat maxsus xizmatlar, balki mahalla ahlining faol ishtirokida, hamjihatlikda amalga oshirilishi muhimligini ta’kidlab, bu boradagi ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishini qayd etdilar.

Slide 1 of 2