35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi infratuzilma – doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Oltin vodiy mahallasida bo‘lib, ichki ko‘cha yo‘llari holati, elektr simyog‘ochlarining ahvoli hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, "Ko‘chama-ko‘cha yurish" daftariga qayd etildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

🌿 Obod va xavfsiz mahalla — har bir fuqaroning munosib hayoti uchun muhim omil. Muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish esa hududlar rivojining muhim kafolatidir.

Slide 1 of 3