Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyatining kunlik ish rejasiga asosan, Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tuman Kengashi huzuridagi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar qabul qilindi.