35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar fikri – sessiya kun tartibini shakllantirishda muhim omil
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
📍 Deputat O‘rikzor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 "Qoraqoʻyli" mahallasida aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat nazoratida
янв.21
Hududlar taraqqiyoti yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi

#deputat_sorovi_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan mahalla raisi bilan birgalikda "Tinchlik" mahallasida deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 5-maydagi 81-ds-403-26-sonli deputat so‘rovi Qiziriq tumani elektr tarmoqlari korxonasiga yuborilgan edi. Unda mahallaga olib kelingan 12 dona elektr tayanch ustunlari uzoq muddat davomida o‘rnatilmay turgani, eski va yaroqsiz tayanch ustunlarini almashtirish hamda elektr ta’minotini yaxshilash masalalari ko‘tarilgan.

O‘rganish davomida deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan 12 dona elektr tayanch ustunlari o‘rnatilgani, hududda elektr kabellarini tortish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Shuningdek, elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 7 dona elektr tayanch ustunlari hududga olib kelingan bo‘lib, ularni o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangan.

O‘rganish yakunida olib borilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, aholini uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan fikir almashildi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur ishlarning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4