35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining nazorat funksiyalaridan kelib chiqib, Kengash deputatlari N. Irgasheva, N. Xudaykulova, Sh. Tasheva hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Astanov ishtirokida Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limining 2026-yil I yarim yillik faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, "Ayollar daftari"ni yuritish, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar, shuningdek, homilador ayollarni prenatal skrining tekshiruvlari bilan qamrab olish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, individual dasturlar ishlab chiqish, ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan belgilangan dasturlar ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha bo‘lim faoliyatiga huquqiy baho berilib, amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining nazorat faoliyati doirasida amalga oshirilib, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3