35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karaeva hamda doimiy komissiya a’zolari hamkorligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
➡️Yig‘ilishda Jondor tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Y.Olimovning hisoboti eshitildi.
➡️Hisobot davomida tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, skrining va tibbiy ko‘riklar qamrovi, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
➡️Muhokamalar jarayonida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohada mavjud ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Ayniqsa, birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasalliklarning barvaqt oldini olish hamda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
➡️Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5