35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
Deputat mahallada 14-sonli MTMdagi o‘rganish: Yutuqlar va yechimini kutayotgan muammolar

 14-sonli MTMdagi
o‘rganish: Yutuqlar va yechimini kutayotgan muammolar
 

Kotibiyat bosh
mutaxassisi G.Xudoyqulovaga biriktirilgan 20-Kultepa saylov okrugi deputati
(XDP partiya guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hududiga qarashli Kultepa MFYdagi
14-sonli MTMda o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish
jarayonida muassasadagi ijobiy holatlar bilan bir qatorda, hal etilishi lozim
bo‘lgan jiddiy muammolar ham aniqlandi:
 

Ta’mir talab
bino: MTMning eski binosi ta’mirga muhtoj.
 

Ijro etilmagan
qaror: Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 24-noyabrdagi
VII-19-91-10-142-K/25-sonli qaroriga asosan, maktabgacha ta’lim muassasalarida
ichki hojatxonalar qurish va ta’mirlash, issiqlik tizimini tartibga keltirish
hamda TP elektr qurilmalarini o‘rnatish uchun mablag‘lar ajratilgan.
 

Ortga
surilayotgan ishlar: O‘rganish davomida hojatxonani ta’mirlash ishlari va TP
elektr qurilmalarini o‘rnatish ishlari haligacha boshlanmagani ma’lum bo‘ldi.
MTM mudirasi D.Abdullayevaning so‘zlariga ko‘ra, hojatxona uchun faqat shifer
berilgan, qolgan barcha zarur qurilish materiallari esa hanuzgacha taqdim
etilmagan.
 

Mazkur holat
deputat nazoratiga olindi. Tuman Kengashi qarori ijrosini ta’minlash,
ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi hamda belgilangan ishlarni o‘z
vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga so‘rov chiqariladi.
 

Muammolar ijobiy
hal etilishiga qadar nazoratda bo‘ladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)  

Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw  

Slide 1 of 3