35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshchuk Natalya Valeryevna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Yangiariq mahallasiga tashrif buyurilib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, hududni obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrdagi 913-XII-son "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonuni (yangi tahriri) talablari asosida mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi. Xususan, mahalla raisining xizmat vazifalarini bajarishi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda davlat organlari bilan hamkorlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari yuzasidan mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda qonunchilik hujjatlari talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini oshirish, qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3