35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг Qiziltepa tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning olti oyi davomida tuman aholisi murojaatlari bilan ishlash holati;

🔹 Tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti;

🔹 Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.